Qirq yoshgacha boʻlgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtamagan va ushbu Qonunning 21-moddasiga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega boʻlmagan ofitserlar tinchlik davrida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻiga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqirilishlari mumkin.