Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi: 1) yosh boʻyicha — u harbiy xizmatda boʻlish yoshi chegarasiga yetganida, shu jumladan unga belgilangan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugaganda; 2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda — chaqiruv boʻyicha muddatli harbiy xizmatning qonunchilikda belgilangan muddati tugaganda (boʻshatish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmaganda); 3) kontrakt muddati tugaganda — boʻshatish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmaganda, agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki vazirlik va idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa; 4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish mumkin boʻlmagan taqdirda, uni boʻshatish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmaganda; 5) sogʻligʻining holatiga koʻra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan; 6) taraflardan birining tashabbusiga koʻra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan; 7) intizomsizligi sababli oliy harbiy taʼlim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan — uni boʻshatish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmaganda; 8) harbiy xizmatchi nomiga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakat sodir etganda; 8¹ ) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etmaganda; 9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda; 10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda; 11) qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganligi yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan. Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan boʻshatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga