Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga boʻlinadi. Tarkib Chegara yoshi 1-daraja 2-daraja Oddiy askarlar va serjantlar 35 yoshgacha 45 yoshgacha Kichik ofitserlar 40 yoshgacha 50 yoshgacha Katta ofitserlar 50 yoshgacha 55 yoshgacha Generallar 55 yoshgacha 60 yoshgacha Ikkinchi daraja rezervida boʻlish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi. Rezervda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga koʻra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan isteʼfoga chiqarilib, harbiy roʻyxatdan chiqariladi.