Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 41-modda. Muqobil xizmatdan boʻshatish

Muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi. Fuqaro oilaviy ahvoli oʻzgarganligi munosabati bilan, agar bu hol unga qonunchilikka muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqini beradigan boʻlsa, muqobil xizmatdan muddatidan oldin boʻshatilishi mumkin. Muqobil xizmatdan muddatidan oldin boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi.

VII. HARBIY ROʻYXAT