Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 45-modda. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxat qoidalariga rioya etish borasidagi majburiyatlari

Zimmasiga harbiy roʻyxatni yuritish yuklatilgan joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar va taʼlim muassasalarining rahbarlari mudofaa ishlari organlari talabi bilan harbiy roʻyxatda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklaridan xabardor etishlari hamda ularning chaqiruv boʻyicha oʻz vaqtida hozir boʻlishlarini taʼminlashlari shart. Ichki ishlar organlari: chaqiriluvchilarga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni berish, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi axborotni tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborishi; oʻsmirlarni harbiy roʻyxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yigʻinlarga) chaqiruvini oʻtkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar orasidan harbiy roʻyxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari organlariga yordam koʻrsatishlari va koʻmaklashishlari; umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirganligi toʻgʻrisida, fuqarolik holatini qayd etish hujjatlariga ularning tugʻilgan sanasi va joyiga oid oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchining vafoti qayd etilgan hollar toʻgʻrisida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart. Surishtiruv va dastlabki te