Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan boʻyin tovlagan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Davlat organlarining, shuningdek mulk shaklidan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslari, fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.