Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos boʻladigan pay badaliga boʻlgan huquqqa hamda pay badali hisobiga oʻzi toʻlagan summaga boʻlgan mulk huquqiga egadir. Payga boʻlgan huquq bir necha shaxsga tegishli boʻlishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi tomonidan belgilanadi. Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi boʻlmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar.