Uy-joy kodeksi 106-modda. Turar joyni almashtirish

Ijaraga oluvchilar, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzolari yoxud ularning oila aʼzolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari oʻz ulushlariga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi yoxud ularning oila aʼzolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida koʻchib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila aʼzosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida koʻchib kirishlari kerak. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi. Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi. Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining aʼzolari oʻzlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha boʻlmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila aʼzolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida