Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila aʼzolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uning oila aʼzolari oʻrtasida turar joyni almashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ulardan har biri egallab turgan turar joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga olinadi. Sud turar joyni majburan almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqarganda turar joyga boʻlgan huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno: agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida ushbu turar joydan foydalanishga boʻlgan huquqlarning teng emasligini nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgan boʻlsa; uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va uning oila aʼzolarining pay jamgʻarmasiga boʻlgan huquqlari teng boʻlmasa; turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng boʻlmasa.