Vasiyat qiluvchi turar joy oʻtadigan merosxoʻrga bu turar joy yoki uning muayyan qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga oʻtganida ham umrbod foydalanish huquqi oʻz kuchida qoladi. Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar oʻrtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi.
VIII BOʻLIM. KOʻP KVARTIRALI UYDAGI TURAR JOYLAR VA YASHASH UCHUN MOʻLJALLANMAGAN JOYLAR MULKDORLARINING UMUMIY MOL-MULKI. UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATI