Uy-joy kodeksi 126-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni uyning umumiy maydonidagi oʻziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda oʻz zimmasiga oladi.