Uy-joy kodeksi 31-modda. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish

Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi boʻyicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda koʻchirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda berilayotgan va olib qoʻyilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farq pul bilan toʻliq hajmda qoplanadi.