Uy-joy kodeksi 41-modda. Fuqarolarning munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridan turar joyni mulk qilib olishi

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining oʻzi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.