Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanayotgan ijaraga oluvchi undan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi shart. Agar ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, turar joydan belgilangan maqsadga va ijaraga berish shartnomasi shartlariga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqlidir.