Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan koʻchirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Koʻchirish sud tartibida amalga oshiriladi. Turar joylarni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida maʼmuriy tartibda koʻchiriladilar. Maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.