Uy-joy kodeksi 86-modda. Turar joy arendasi shartnomasi

Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun foydalanishi mumkin. Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) lozim. Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati; turar joy arendasining muddatlari; turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni toʻlash muddatlari; arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; shartnoma muddati oʻtishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi; arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha taraflarning majburiyatlari; arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi; taraflarning javobgarligi. Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi boʻyicha qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.