Uy-joy kodeksi 94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor boʻlishi

Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor boʻlishiga olib keladi. Agar turar joy arendasi shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi.