Qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi: qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqidagi xabar eʼlon qilinganligi tasdiqnomasining; qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan topshirish dalolatnomasining (qoʻshib yuborish va oʻzgartirish chogʻida) yoki taqsimlash balansining (boʻlish va ajratib chiqarish chogʻida); qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi haqidagi dalolatnomaning.