Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida 19-modda. Diniy tashkilot ustaviga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilganda uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish

Diniy tashkilotning ustaviga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablar diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi. Diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi elektron murojaat roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga diniy tashkilot ustaviga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yuboriladi. Diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi: ustavga kiritiladigan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar matnining yoki ustav yangi tahririning; diniy tashkilot rahbar organining ustavga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarorining; diniy tashkilotning nomi yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgargan taqdirda — diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning. Diniy tashkilot qayta tashkil etilganligi (ajratib chiqarilganligi yoki qoʻshib olinganligi) munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi: qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinganligi tasdiqnomasining; qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik haqidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan topshirish dalolatnomasining yoki taqsimlash balansining; qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinga