Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sogʻliqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi; huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar toʻgʻrisida xabardor qiladi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.