Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 2-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.