Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 20-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun asoslar

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi: tazyiq va zoʻravonlik qurbonining murojaati; jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari; tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi; davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart. Ichki ishlar organlari tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qoʻyish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar koʻrishi shart.