Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 22-modda. Profilaktika suhbati

Muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, gʻayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati oʻtkaziladi. Tazyiq va zoʻravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.