Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin: tazyiq oʻtkazishni va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash; tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va taʼlim muassasalarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yoʻl qoʻyiladi); tazyiq oʻtkazilgan va zoʻravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga boʻlishini taqiqlash; tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, shuningdek maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish; tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini hal qilishda, sud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qoʻllashga haqli: tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash; narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish; tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqi