Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yordam koʻrsatgan shaxslarga maʼlum boʻlib qolgan barcha shaxsga doir maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan qoʻriqlanadi. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu maʼlumotlar oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, ushbu maʼlumotlarni oshkor etishga yoʻl qoʻygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.