Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini taʼminlash boʻyicha tuzilmalarni tashkil etadi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.