Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mehnat organlari: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini taʼminlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zoʻravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan oʻzaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish boʻyicha mulk shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi; ish qidirayotgan va ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish choralarini koʻradi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.