Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 8-modda. Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari

Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: xususiy mulk huquqini tan olish; xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararning oʻrnini qoplash; neustoyka undirish; maʼnaviy ziyonni qoplash; xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid boʻlgan hujjatining sud tomonidan qoʻllanilmasligi; mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.