Yer kodeksi 10-7-modda. Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qatʼi nazar yer uchastkalaridan foydalanish

Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan turidan qatʼi nazar yer uchastkasidan: geodeziya punktlarini, chegara, axborotga doir va boshqa belgilarni joylashtirish; muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini servitut shartlarida joylashtirish; muhandislik hamda geologik qidiruv va tadqiqotlarni amalga oshirish; binolar va inshootlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan asosiy vositalarni, qurilishga doir hamda boshqa materiallarni bunday qurilish yoki rekonstruksiya qilish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish; shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joylashtirish; yerlarni rekultivatsiya qilishni amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.