Yer kodeksi 30-1-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma

Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak: servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami; servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari; shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; servitutning amal qilish muddati; servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda); shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi; belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.