Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut ishtirokchilaridir. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega: servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish; servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan haqning oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish; servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish; servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish; servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud boʻlganda) muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda, shuningdek unda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari: servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi; servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi; servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga toʻsqinlik qilmasligi; yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turin