Yer kodeksi 36-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: 1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda; 2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno; 3) yuridik shaxs tugatilganda; 5) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnatga oid munosabatlar bekor boʻlganda, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa; 6) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanilganida; 7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda; 8) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda; 9) qonunchilikda belgilangan muddatlarda yer soligʻi, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam toʻlanmay kelinganda; 9¹ ) yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda — muddati oʻtgan qarzdorlik uning mavjudligi toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida bartaraf etilmaganda; 10) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida; 13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi: 1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda; 2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari