Yer kodeksi 40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart: 1) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik; 1¹ ) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlash; 1² ) asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishini taʼminlash; 2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish; 4) yer soligʻini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash; 5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik; 6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin oʻz hisobidan qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi yoki baliq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish; 7) foydali qazilma konlarini ishlatish chogʻida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida oʻzlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xoʻjalik ekinzorlari, oʻrmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy taʼsir koʻrsatishning