Sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Ushbu yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan taʼminlanganligi darajasi, shuningdek suv resurslarining mavjudligi hamda ularga doir limitlar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining xulosalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan amalga oshiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xulosalarni olish uchun viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar taqdim etiladi: 1) yer uchastkasining joylashgan joyi, maydoni, kadastr raqami, konturlari soni va raqami, tuproq tipi, tarkibi, sifati va unumdorligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, yerga boʻlgan huquq egasi; 2) yer uchastkasini boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami, bundan yer uchastkasidan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida foydalanish hollari mustasno; 3) yer uchastkasidan keyingi besh yil ichida foydalanish holati, bundan buyon undan sugʻoriladigan yerlar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, suv bilan taʼminlanish darajasidagi oʻzgarishlar, shuningdek ushbu vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan va ularni bartaraf etishga toʻsqinlik qiladigan holatlar; 4) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori, ularning oʻrnini qoplash manbalari va muddatlari, qoplashdan tushgan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari; 5) tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtiris