Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.