Yer kodeksi 64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi: maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va shu kabi yerlar; aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (oʻrmon-bogʻlar, skverlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar). Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita tasarrufida boʻladi. Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil boʻyi yerlari va qirgʻoq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi. Umumiy foydalanishdagi yerlarda faqat yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yoʻllar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin. Davlat mulki boʻlgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtir