Sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kiradi. Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga temir yoʻl, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari hamda aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik obyektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi. Aloqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi. Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari oʻtgan yerlarga tutash yerlarda qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari oʻrnatiladi. Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yoʻl qoʻshinlarining harbiy qismlari, harbiy oʻquv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun moʻljallangan yerlar deb eʼtirof etiladi. Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudo