Yer kodeksi 7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi: yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish; yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini, davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.