Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 101-band. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport…

Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.