Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 11-band. Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir

Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir: a) yoʻlga chiqishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirishi; b) harakatlanish vaqtida transport vositasining texnik sozligini taʼminlashi; v) harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yoʻlovchilar tashish uchun maxsus jihozlangan yuk transport vositalarida yoʻlovchilar tashiyotganda Qoidalarning 24-bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi; g) harakatlanish jarayonida boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga, ayniqsa, piyodalar, bolalar, nogironlar, qariyalar, individual harakatlanish vositalari va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi; d) yoʻlovchilarni quyidagilar haqida ogohlantirishi shart: harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi; transport vositasi harakatlanishni boshlashidan oldin xavfsizlik kamarlarini taqishlari (ushbu Qoidalarning 9-bandiga muvofiq), mototsikl, moped va skuterda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida harakatlanayotganda esa motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi; e) sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda majburiy toʻxtagan transport vositasining haydovchisi taʼmirlash maqsadida yoʻlning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maxsus jilet kiyib olishi (yengil va yuk avtomobili, avtobus va gʻildirakli traktorlar haydovchilari); yo) IIO xodimlarining talabiga koʻra mastlik holatini aniqlovchi maxsus tekshiruv yoki alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtishi; j) harakatlanish vaqtida avariya holatini yuzaga keltirmasliklari; z) quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishi