Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 166-band. Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki…

Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yoʻl yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi. Yoʻlning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, individual harakatlanish vositalari, aravalar jamlanmasi, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar toʻdasi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan hamda ularni quvib oʻtishni osonlashtiradigan guruhlarga boʻlinishi kerak.