Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 174-band. Yoʻl harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining texnik holati va jihozlari…

Yoʻl harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining texnik holati va jihozlari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni , shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Transport vositalarini DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazish hamda egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart.