Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 175-band. Mexanik transport vositalarining (tramvaylardan, trolleybuslardan tashqari) va…

Mexanik transport vositalarining (tramvaylardan, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning koʻzda tutilgan joylarida tegishli namunadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqam belgilari oʻrnatilgan boʻlishi shart. Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizigʻining yoʻgʻonligi 30 millimetrdan kam boʻlmasligi, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi kerak. Tramvaylarga va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan roʻyxatga olingan raqamlar yoziladi.