Yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarining holatiga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaxslar: yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq harakatlanish uchun xavfsiz holatda saqlashga; ommaviy axborot vositalari yordamida yoʻl harakatiga kiritilgan cheklovlar va oʻzgartirishlar haqida yoʻl harakati ishtirokchilarini xabardor qilishga; yoʻl harakatiga xalaqit beradigan har qanday toʻsqinlik vujudga kelsa, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, yoʻlning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishga majbur.