Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 20-band. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmasa, yoʻlning qatnov qismi…

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmasa, yoʻlning qatnov qismi (tramvay yoʻllari)ga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va toʻxtamasliklari kerak. Oʻtishga ulgurmagan piyodalar xavfsizlik orolchasida, agarda u boʻlmasa qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻxtashlari lozim. Keyingi harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda oʻtishni davom etishlari mumkin.