Yoʻl harakati ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunini , ushbu Qoidalarni va ularda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (ushbu Qoidalarga 1-ilova ), yoʻl chiziqlarining (ushbu Qoidalarga 2-ilova ) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, ularga berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.