Quyidagilarda toʻxtab turish taqiqlanadi: toʻxtash taqiqlangan joylarda; aholi punktlaridan tashqarida 2.1 yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻllarning qatnov qismida; temir yoʻl kesishmalarining (har ikkala tomonida) 50 metr yaqinida; 3.27 — 3.30 yoʻl belgilari yoki 1.4, 1.10 yoʻl chiziqlari taʼsiri oraligʻida; yuk avtomobillarining tungi vaqtlarda yoʻl chetida yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga xavf tugʻdiradigan holatda toʻxtab turishi, yoxud tashlab ketilishi; 5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chizigʻining birgalikdagi taʼsiri oraligʻida, nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.