Yoʻl harakati toʻgʻrisida 10-modda. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati: yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; yoʻl harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi; yoʻl harakati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi; ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlarini belgilashda ishtirok etadi; yoʻllarni, temir yoʻllar kesishmalarini, shuningdek avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini va yoʻllar boʻylab hamda yoʻl boʻyi hududlarida joylashgan boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash loyihalarini yoʻl harakatini tashkil etishga oid qism boʻyicha koʻrib chiqadi va kelishadi; qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) va kapital taʼmirlanishi tugallangan yoʻl obyektlarini, temir yoʻllar kesishmalarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi; foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini oʻtkazadi (bundan jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifasidagi transport vositalari mustasno); yoʻl harakatining monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi; yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalarining texnik holati, shuningdek yoʻllarning va temir yoʻllar kesishmalarining saqlanishi, ularning yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan yoʻllardan va temir yoʻllar kesishmalaridan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlaydi; yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi; yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish yoki olib tashlash yuzasidan yoʻl egalariga koʻrsatmalar kiritadi, ularni bajarish mu