Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati: maxsus vakolatli davlat organlariga qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) boʻylab yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) boʻylab rejalashtirilayotgan har qanday turdagi ishlarni bajarishga doir takliflarni koʻrib chiqadi; qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) boʻylab joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlarini, temir yoʻllar kesishmalarini, avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini, yoʻl obyektlarini taʼmirlash, qurish, rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va kelishadi; qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar va ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) boʻylab joylashgan, qurilishi rejalashtirilgan obyektlarga olib boruvchi alohida yoʻllarni ochish yoki yopish toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari kiritadigan takliflarni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan oʻrganilganidan keyin kelishadi; qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaxira) boʻylab yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish (montaj qilish), almashtirish va olib tashlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi; qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar hududida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlarida (doimiy, muntazam va zaxira) yoʻl harakatini tashkil etish hamda yoʻl harakati ustidan navbatdan tashqari nazorat olib borish yuzasidan maxsus vakolatli davlat organlariga topshiriqlar beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchili