Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi: bojxona postlari hududlarida yoʻl harakatini tashkil etadi; bojxona postlari hududlarini yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan taʼminlaydi; chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va haydovchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Yoʻl harakati qoidalarini buzgan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketayotgan haydovchilardan yoki boshqa shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan jarimalar undirilishini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.